GWM Osiyo-Tinch okeani sammiti 2025: O‘zbekiston mintaqaning eng yirik avtomobil sohasiga oid tadbirining bir qismiga aylandi
GWM Osiyo-Tinch okeani sammiti 2025: O'zbekiston mintaqaning eng yirik avtomobil sohasiga oid tadbirining bir qismiga aylandi
Olmaotada Osiyo va MDH mamlakatlari, jumladan, Xitoy, O'zbekiston, Qozog'iston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston va Mo'g'ulistondan 100 dan ortiq avtomobilsozlik sohasi vakillarini birlashtirgan GWM Asia Pacific 2025 xalqaro sammiti bo'lib o'tdi. Sammit strategiyalar bilan o'zaro almashish, yangi texnologiyalarni namoyish etish va mintaqa bozorlari o'rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim muloqot maydonlaridan biriga aylandi.
Tadbir Osiyo va MDH mamlakatlari brend distribyutorlari ko'magida GWM International tomonidan tashkil etildi.
Dasturda GWM'ning yangi HAVAL, TANK, WEY, ORA va POER modellari taqdim etildi, shuningdek, HAVAL Dargo, H9 va TANK 500 yo'ltanlamaslarining test-drayvlari o'tkazildi.
Faxriy mehmonlar orasida:
- Parker Shi, GWM International prezidenti,
- Carol Tian, GWM Asia Pacific bosh menejeri,
- Liu Bao, GWM texnologik markazi bosh direktori,
- Richard Chju, GWM gibrid tizimlari bo'yicha bosh muhandis.
Mintaqaviy e'tibor: GWM Markaziy Osiyodagi o'z mavqeini mustahkamlamoqda
GWM International prezidenti Parker Shi Markaziy Osiyo brend uchun ustuvor yo'nalishlardan biriga aylanayotganini ta'kidladi: "Osiyo-Tinch okeani mintaqasi GWM global strategiyasida muhim rol o'ynaydi. Biz mahalliy bozorlarning, ayniqsa, ishlab chiqarish rivojlanayotgan va HAVAL brendiga qiziqish ortib borayotgan O'zbekistonning yuqori salohiyatini ko'rmoqdamiz. Biz shunchaki avtomobil sotishni emas, balki ekotizimni yaratishni — ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, o'qitish va eksport qilishni maqsad qilganmiz".
Shuningdek, u GWM Hi4 texnologiyalari va gibrid tizimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O'zbekiston iqlimi va sharoitlariga moslashishini ta'kidladi.
HAVAL Uzbekistan: yuksalish va e'tirof
Sammit yakunida HAVAL Uzbekistan (ADM Global) vakillari O'zbekiston bozorida brendning ishonchli o'sishi va ravnaqi uchun "Growth Driver Award" mukofotiga sazovor bo'ldi.
Shuningdek, "Goodwell Service," "ADM-Aster," "Haval Sergeli," "Haval Jizzakh," "Haval Urgench" va "ADM Haval Fergana" dilerlik markazlari distribyutsiya tarmog'ini rivojlantirish, sotuv hajmi o'sishi va yuqori darajadagi xizmat ko'rsatishga qo'shgan hissasi uchun e'tirof etildi.
Ushbu mukofot HAVAL kompaniyasining O'zbekiston bozoridagi yetakchi mavqeini va ADM Global jamoasining brendni rivojlantirish, GWM avtomobillarini mamlakat mijozlariga yaqinroq va hamyonboproq qilish istagini tasdiqlaydi.
