GWM WINGLE 7
HAVAL DARGO
HAVAL JOLION
HAVAL M6
HAVAL H6
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
GWM WINGLE 7
HAVAL DARGO
HAVAL JOLION
HAVAL M6
HAVAL H6

HAVAL brendi – O‘zbekiston avtomobil bozorida bir yil

2024-yil ham HAVAL (Great Wall Motor) avtomobil brendi uchun, ham brendning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi uchun muhim bosqich bo‘ldi. Avstraliya, Okeaniya, Lotin Amerikasi, Janubiy Afrika Respublikasi, Qozog‘iston va Rossiya kabi mintaqalarda o‘zini zamonaviy yuqori texnologiyali va xavfsiz avtomobillarning ishonchli ishlab chiqaruvchisi sifatida namoyon etgan brend O‘zbekiston bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatli sotuvlar mamlakat avtohavaskorlarining HAVAL avtomobillariga bo‘lgan qiziqishi va ishonchi ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Erishilgan yutuqlar

2023-yil iyul oyida Great Wall Motor (GWM) va ADM Jizzakh MChJ o‘rtasida distribyutorlik shartnomasi imzolandi, shundan so‘ng o‘sha yilning kuzida O‘zbekistonda brend krossoverlarini yig‘ish ishlari boshlandi.

2023-yil oktabr oyida ADM Global birinchi bosqichda O‘zbekiston bozoriga JOLION va H6 modellarini taqdim etdi, dekabr oyida esa ularga bestseller M6 qo‘shildi.

2024-yil iyun oyida qo‘shni Qozog‘iston va Rossiya yo‘llarini zabt etgan haqiqiy yo‘ltanlamas imkoniyatlarga ega DARGO krossoverining taqdimoti va sotuvga chiqarilishi bo‘lib o‘tdi, ADM Jizzakh zavodida esa uni yig‘ish uchun alohida liniya ishga tushirildi.

2024-yil avgust oyida bozorda yangilangan JOLION 2024 modeli paydo bo‘ldi.

2024-yil sentabr oyida O‘zbekiston GWM WINGLE 7 pikapining chiqishini nishonladi.

Sotuvlar

Dilerlik markazlari faoliyatining dastlabki uch oyi (2023-yil oktabr-dekabr) davomida 169 dona krossoverlar sotilgan. 2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra esa, umumiy sotilgan avtomobillar hajmi 2899 donani tashkil etdi, shundan JOLION – 691 dona, H6 – 370 dona, M6 – 1697 dona va DARGO – 138 dona. Mazkur holat o‘zbekistonliklarning brendga bo‘lgan talabi ortib borayotganini, brendning bozorga bo‘lgan strategiyasi va moslashuvi muvaffaqiyatli ekanligini tasdiqlaydi.

Sifat va ishonchlilik

HAVAL avtomobillarining yuqori sifatiga erishish uchun Great Wall Motor kompaniyasi o‘z tadqiqot va ishlanmalariga doimiy ravishda sarmoya kiritmoqda, shuningdek, butun dunyoga mashhur va muvaffaqiyat qozongan butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilmoqda. Shunday qilib, Bosch, ZF, Borg Warner, Schaeffler, Delphi, Continental, TRW, Hella, Valeo, Mahle, Autoliv, Johnson Controls, Brose kabi yirik brendlar HAVAL yetkazib beruvchilariga aylandi.

Dilerlik markazlari

ADM-ASTER – HAVAL avtomobil brendining birinchi rasmiy dilerlik markazi Toshkent shahrining Olmazor tumanida ochilishi, O‘zbekistonda brendning muvaffaqiyatli kengayishiga asos bo‘ldi. Bugungi kunda dilerlik tarmog‘i Toshkent, Andijon, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Denov va Farg‘ona kabi shaharlarda 16 ta markazlarni o‘z ichiga olib, mamlakat mintaqalari aholisiga zamonaviy avtomobillar va yuqori sifatli servis xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

HAVAL brendi avtohavaskorlar orasida tobora ommalashib borayotganini va O‘zbekiston bozori xususiyatlariga yuqori moslashuvchanligini namoyish etib, oldinga dadil harakat qilmoqda. Avtomobillarning sifati, dilerlik tarmog‘ining kengayishi va oqilona strategiyasi tufayli brend avtomobil ishqibozlari ishonchini qozonishda davom etmoqda va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.