Toshkentda HAVAL avtomobil brendi dilerlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
2024-yil 22-noyabr kuni Toshkentda HAVAL avtomobil brendi dilerlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda brendning rasmiy shaxslari va butun mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan dilerlik markazlari vakillari ishtirok etdi.
HAVAL ADM-ASTER avtomobil brendining birinchi rasmiy dilerlik markazi Toshkent shahrining Olmazor tumanida ochilishi, O‘zbekistonda HAVAL brendining muvaffaqiyatli kengayishiga zamin yaratdi. Bugungi kunda dilerlik tarmog‘i Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz, Buxoro, Navoiy, Namangan va Farg‘ona kabi shaharlarda 8 dan ortiq markazlarni o‘z ichiga olib, mamlakat hududlari aholisiga zamonaviy avtomobillarga imkoniyatni va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.
Dilerlik markazlari faoliyatining dastlabki uch oyi (2023-yil oktabr-dekabr) davomida 169 dona krossoverlar sotilgan. 2024-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, umumiy sotilgan avtomobillar soni 2393 donani tashkil etishi, o‘zbekistonliklarning brendga bo‘lgan talabi ortib borayotgani, brend strategiyasi va bozorga moslashuvi muvaffaqiyatli ekanligini tasdiqlaydi.
Dilerlik konferensiyasida O‘zbekistonda 2025-yilda HAVAL brendini rivojlantirishning asosiy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi, jumladan:
- dilerlik tarmog‘ini kengaytirish – O‘zbekistonning turli shaharlarida yangi markazlar ochilishining rejalashtirilishi, HAVAL avtomobillarini yanada keng doiradagi mijozlar ommasiga imkonini oshiradi;
- marketing faoliyati, shuningdek, sodiqlikni oshirish va brend atrofida qulay muhitni yaratishga qaratilgan mijozlar va ularning oilalari uchun tadbirlar;
- yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga javob beradigan yangi va zamonaviy modellarni bozorga chiqarish;
- dilerlar ishini maqbullashtirish – tadbir ishtirokchilari xizmat ko‘rsatish sifati, savdo samaradorligi va mijozlar bilan o‘zaro aloqa munosabatlari sifatini oshirish yo‘llarini muhokama qildi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, dilerlik konferensiyasi o‘zaro tajriba almashish, erishilgan yutuqlarni muhokama qilish va keyingi o‘sish jarayoni uchun yangi yechimlarni izlash uchun platformaga aylandi. HAVAL brendi mamlakat aholisiga innovatsion texnologiyalar, qulaylik va ishonchlilikni taklif etgan holda, O‘zbekiston avtomobil bozorida o‘z ishtirokini faol rivojlantirishni maqsad qilib olgan.
HAVAL krossoverlarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan siz haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.