Yangi HAVAL Jolion hozirning o'zida O‘zbekistonda mavjud
Jolion kapoti ostida - quvvati 143 ot kuchigacha bo'lgan 1,5 litrli turbopurkashli benzinli dvigatel joylashgan. Uzatmalar qutisi "ho'l" tipdagi qo'sh ulanmaga ega 7 pog'onali robotdir. Krossover O‘zbekiston bozorida X ta komplektatsiyada taqdim etiladi. Narxi komplektatsiyasiga ko’ra 309 900 000 so‘mdan 349 900 000 so‘mgacha bo’lgan oraliqda belgilanadi
Comfort – 309 900 000 so'm
“Komfort” komplektatsiyasida krossover 3,5 dyuymli bort kompyuteri, kruiz-nazorati va ortni ko'rish kamerasiga ega bo’ladi.
Prestige – 324 900 000 so'm
“Prestige” komplektatsiyasi qo'shimcha ravishda LED faralar, 360 darajali atrofni ko'rish, haydash rejimini tanlash va qiyalikdan tushishga yordam tizimlari bilan jihozlanadi
Premium - 349 900 000 so'm
Maksimal komplektatsiya panoramali lyuk, proektsion displey, avtomatik tormozlanish, chorrahalarda to'qnashuvning oldini olish, orqaga yurib chiqishdagi yordam va avtoparkovkalanish qo'shimcha tizimlari tufayli yanada ko'proq qulayliklarni ta'minlaydi