2024-yilning noyabr oyida HAVAL avtomobillari sotuvida o‘sish qayd etildi
HAVAL (Great Wall Motor) kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yilning noyabr oyida 502 dona HAVAL avtomobillari sotilganini, mazkur ko‘rsatkich oktabr oyiga nisbatan 9 foizga ko‘pligini ma’lum qildi.
Umumiy sotuv hajmining 68,9 foizi o‘zining uzoq muddatdagi tejamkorligi, xavfsizligi, ishonchliligi, xizmat ko‘rsatish qiymati arzonroq ekanligi va sig‘imliligi bilan oilaviy xaridorlarni o‘ziga jalb qiladigan HAVAL M6 krossoveriga tegishli bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni ixchamligi, ko‘p manyovrlar qila olish harakatchanligi va kundalik safarlarda qulaylikni ta’minlaydigan zamonaviy texnologik yechimlari bilan ajralib turadigan o‘zgacha uslubli shahar muhitiga moslashgan JOLION krossoveri egallab, ushbu avtomobildan 91 donasi (18,1 foiz) sotilgan.
Yetakchi uchlikni o‘zining ishonchliligi, qulayligi, xavfsizligi va o‘zgacha uslubga xos dizayni tufayli oilaviy xaridorlarning tanloviga aylangan HAVAL H6 yakunlab berdi. Mazkur avtomobildan 36 donasi (7,2 foiz) sotilgan.
To‘rtinchi o‘rinda joylashgan HAVAL DARGO o‘zining o‘tuvchanlik qobiliyati, qudrati va brutal dizayni bilan ajralib turishi, uni sarguzashtlar va shahar tashqarisiga bo‘ladigan safarlar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. Mazkur avtomobildan 28 donasi (5,6 foiz) sotilgan.
Yuqori darajadagi yuk ko‘tarish imkoniyati, ishonchlilik va mukammal o‘tuvchanlik qobiliyatiga ega GWM WINGLE 7 pikapi navbatdagi xaridori – hordiq olish maqsadida shahar tashqarisiga safar qilishni xush ko‘ruvchining e’tiborni tortdi va u tomondan xarid qilindi.
Sotuvlarning hududiy taqsimoti
Noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, HAVAL sotuvlarining eng katta ulushini Buxoro viloyati namoyish etdi va Toshkent shahrini mos ravishda 20,9 foiz va 20,5 foiz ko‘rsatkichlari bilan ortda qoldirdi. Keyingi o‘rinlarni Samarqand viloyati (14,9 foiz), Surxondaryo viloyati (11,1 foiz), Navoiy viloyati (11,0 foiz), Andijon viloyati (7,0 foiz), Qashqadaryo viloyati (6,2 foiz), Namangan viloyati (5,6 foiz) va Farg‘ona viloyati (2,8 foiz) egalladi.
Xaridorlarning gender va yosh bo‘yicha taqsimoti
HAVAL avtomobillarini sotib olgan jismoniy shaxslar orasida erkaklar 78,1 foiz, ayollar 21,9 foizni tashkil etdi. 35 yoshdan oshgan xaridorlar 78,7 foiz, 35 yoshdan kichik xaridorlar ulushi esa 21,3 foizni tashkil etdi.
HAVAL krossoverlarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan siz haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.