2025-yil fevral oyida HAVAL sotuvlari: tahlil va statistika
2025-yil fevral oyida HAVAL brendi ostidagi avtomobillar sotuvi 391 donani tashkil etdi, deb xabar beradi ADM Global kompaniyalar guruhi. Ushbu ko‘rsatkichlar brendning mamlakat avtomobil ishqibozlari orasida tobora ommalashib borayotganini tasdiqlaydi.
Modellar orasida sotuv bo‘yicha yetakchilar
Xaridorlar orasida sotuv hajmi 182 donaga yetgan M6 modeli eng katta qiziqishni keltirib chiqardi va shuning hisobiga mazkur model brendning umumiy sotuv hajmining 46,5 foizini tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinni 147 dona sotilgan (37,6 foiz) JOLION avtomobili egalladi. Keyingi o’rinlarda:
- H6 – 32 dona krossoverlar;
- DARGO – 22 dona krossoverlar;
- WINGLE 7 – 8 dona pikaplar.
Sotuv geografiyasi
HAVAL hududlarda o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilib, sotuvlarning 24,0 foizi qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda:
- Samarqand viloyati – 14,1 foiz;
- Buxoro viloyati – 13,8 foiz;
- Navoiy viloyati – 10,2 foiz;
- Qashqadaryo viloyati – 9,2 foiz.
Gender taqsimoti
Xaridorlarning asosiy qismi erkaklar (73,2 foiz) tashkil etib, ayollar ulushi ham sezilarli darajada (26,8%) saqlanib qolishi, go‘zal jins vakillari orasida HAVAL avtomobillariga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi.
Yosh bo‘yicha guruhlari
HAVAL turli yosh toifalari orasida talabga ega, ammo eng faol xaridorlar 30-39 yoshdagilar (28,6 foiz) va 40-49 yoshdagilar (27,5 foiz) hisoblanadi. Qolgan yosh bo‘yicha guruhlar quyidagicha taqsimlandi:
- 50-59 yoshdagilar – 21,6 foiz;
- 60-69 yoshdagilar – 13,7 foiz;
- 18-29 yoshdagilar – 8,1 foiz;
- 70 yosh va undan kattalar – 0,5 foiz.
M6 va JOLION krossoverlariga bo‘lgan yuqori talab, sotuvning keng geografiyasi va xaridorlarning yoshi bo‘yicha turli toifalari HAVAL avtomobillarining ishonchliligi va sifatiga bo‘lgan ishonchni tasdiqlaydi.
HAVAL avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan HAVAL (Great Wall Motor) avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishish mumkin.
HAVAL axborot aloqa telefoni: +998 (71) 287-88-88