2025-yil iyun oyida Haval avtomobillari sotuvi +22% ga o‘sdi
2025-yil iyun oyi O'zbekiston avtomobil bozorida sezilarli jonlanish keltirdi: may oyiga nisbatan Haval brendi avtomobillari sotilishi barqaror o'sishni ko'rsatdi. Ko'rsatkichlar Haval'da 22 foizga oshdi. Bunday holat iste'molchilarning bozorda taqdim etilayotgan zamonaviy modellarga qiziqishi ortib borayotganini, shuningdek, dilerlik infratuzilmasi va arzon moliyaviy dasturlarning faol rivojlanayotganini aks ettiradi.

O'zbekistonda iyun oyida Haval (Great Wall Motor) brendining 883 dona avtomobillari sotildi. Sotuv hajmining asosiy qismini yana M6 modeli ta'minladi - 526 dona krossoverlari yoki umumiy sonining deyarli 60 foizi. Ikkinchi eng mashhur krossover sifatida Jolion hisoblanib, u 291 donani tashkil etdi. Qolgan qismi Dargo krossoverlari - 33 dona, H6 va H9 - 14 dona, shuningdek GWM Wingle 7 pikapi - 5 dona o'rtasida taqsimlandi.
Birinchi o'rinda yana Toshkent - 28,1 foiz, keyingi o'rinlarda Buxoro - 12,3 foiz, Qashqadaryo - 10,3 foiz, Samarqand - 9,4 foiz va Surxondaryo viloyatlari - 7,6 foiz. Haval'ning sotuvi ijobiy dinamikasi deyarli barcha hududlarda kuzatildi.
Jismoniy shaxslar orasida Haval xaridorlarining gender taqsimoti erkaklarning yuqori ulushini ko'rsatdi - 72 foiz, ayollar - 28 foiz. Yosh tarkibi an'anaviy ravishda 30 yoshdan 49 yoshgacha bo'lganlar oralig'ida bo'ldi - jami 60 foiz. Keyingi o'rinlarda 50-59 yoshli xaridorlar - 20,8 foiz, 60-69 yoshli guruh - 10,5 foiz va 18-29 yoshli guruh - 8,7 foiz.
Iyun oyi yakunlari O'zbekiston avtomobil bozorining barqaror rivojlanayotganini tasdiqlaydi. Haval sotuvda ijobiy sur'atlarni namoyish etdi. Brendning muvaffaqiyati mahalliy iste'molchining afzalliklariga moslashtirilgan muvozanatli modellar qatori, shuningdek, brendlarning butun dilerlik tarmog'ining uzluksiz faoliyati tufayli ta'minlanadi. Iyun oyidagi ko'rsatkichning o'sishi taqdim etilayotgan brendga bo'lgan ishonchning yuqori darajasini va iste'molchining zamonaviy, qulay va ishonchli avtomobillarga sarmoya kiritishga tayyorligini ko'rsatdi.