Yangiliklar
HAVAL H9
GWM WINGLE 7
HAVAL DARGO
HAVAL JOLION
HAVAL M6
HAVAL H6
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
Yangiliklar
HAVAL H9
GWM WINGLE 7
HAVAL DARGO
HAVAL JOLION
HAVAL M6
HAVAL H6

Dekabr oyi yakunlari va 2024-yil umumiy yutuqlari: HAVAL brendi avtomobillarining sotuvi

2024-yil rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi hisoblangan O‘zbekistondagi HAVAL (Great Wall Motor) brendi uchun ulkan muvaffaqiyatlar va muhim yutuqlar yili bo‘ldi. Bozorda sotuv hajmining o‘sishi, modellar ommabopligining oshishi va mijozlar ishonchining ortishi muvaffaqiyatning tasdig‘i sifatida namoyon bo‘ldi.

2024-yil dekabr natijalari

Yilning so‘nggi oyida HAVAL brendining 590 dona krossoverlari sotildi. M6 bestsellerga aylanib, uning 347 dona avtomobillari yangi egalarini topishi, dekabr oyidagi umumiy sotuv hajmining 58,8 foizini tashkil qildi. Ommabopligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni JOLION modeli 192 dona krossoverlari bilan egallashi, uni 32,5 foiz ulushga mos ekanligini ko‘rsatdi. Uchinchi o‘rinni sotuv hajmi 30 dona avtomobillarni tashkil qilgan yoki 5,1 foiz bo‘lgan H6 egalladi. Ushbu ro‘yxatni 21 nafar (3,6 foiz) xaridorlar tanlagan DARGO modeli yakunlaydi.

Dekabr oyida sotuv geografiyasi barcha hududlarda barqaror talabni namoyish etdi. Sotilgan avtomobillar ulushi bo‘yicha Buxoro viloyati yetakchilik qilib, umumiy hajmning 22,88 foizni tashkil qilgan ko‘rsatkichni namoyon qildi. Ikkinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri 19,49 foizli natijani ko‘rsatdi. Samarqand viloyati (12,03 foiz) va Navoiy viloyati (11,53 foiz) ham brendga yuqori qiziqish mavjudligini bildirdi. Surxondaryo viloyati 10,17 foiz ulush bilan yetakchi beshlikni yakunlagan bo‘lsa, boshqa hududlar birgalikda 23,9 foizni tashkil etdi.

Demografik ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oyida xaridorlarning 80,2 foizini erkaklar, 19,8 foizini esa ayollar tashkil etdi. Avtomobillarni asosan 35 yoshdan oshgan xaridorlar (79,6 foiz) tanlagan bo‘lsa, 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 20,4 foizni tashkil etdi.

2024-yil yakunlari

Yil davomida HAVAL avtomobillarining umumiy sotuv hajmi 3316 donaga yetdi. Yil oxirida M6 modeli yana yetakchi sifatida namoyon bo‘lib, uning 1945 donasi o‘z egasini topganligi bois, yillik hajmning 58,7 foizini tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinni sotilgan 853 dona krossoverlari (25,7 foiz) bilan JOLION modeli egalladi. Uchinchi o‘rinda 358 dona avtomobillari (10,8 foiz) bilan H6 joylashdi. Modellar ro‘yxatini 157 nafar xaridor (4,7 foiz) tomonidan tanlangan DARGO yakunlab berdi. 2024-yilning kuzida O‘zbekiston avtomobil bozorida rasman paydo bo‘lgan GWM WINGLE 7 pikaplaridan 3 donasi sotilganligini alohida ta’kidlash joiz.

Toshkent shahri umumiy sotuv hajmining 28,02 foizini ta’minlab, yil yakuni bo‘yicha mutlaq sotuv yetakchisiga aylandi. Buxoro viloyati 20,05 foizli ko‘rsatkichni namoyon etgan bo‘lsa, Samarqand viloyati yetakchi uchlikni yakunlab, 13,66 foizli natijani qayd etdi. Surxondaryo viloyati 13,63 foiz va Andijon viloyati 9,8 foiz bilan brendga barqaror qiziqish mavjudligini tasdiqladi, qolgan hududlar esa jami 14,8 foizni tashkil etdi.

Jismoniy shaxslar orasida yil davomida xaridorlarning 76,4 foizini erkaklar, 23,6 foizini esa ayollar tashkil etdi. 35 yoshdan oshgan xaridorlar 79,5 foiz ulushni egallab, ustunlik qilishda davom etdi, 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar esa 20,5 foizli ko‘rsatkichni ko‘rsatdi.

Barcha hududlarda krossover segmentida sotuvlarning o‘sishi HAVAL brendi avtomobillari O‘zbekiston mijozlari orasida tobora ko‘proq talabga ega bo‘layotganini tasdiqlaydi. 2025-yilda ADM Global kompaniyalar guruhi va HAVAL brendi yangi modellari va sifatli xizmat ko‘rsatishi bilan barchani mamnun etishda davom etadi.

HAVAL krossoverlarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan siz haval.uz saytida tanishishingiz mumkin