HAVAL avtomobillari sotuvining aprel oyidagi o‘sishi +36,4 foizni tashkil etdi
2025-yil aprel oyida Haval (Great Wall Motor) avtomobil brendi joriy yilning mart oyiga nisbatan ijobiy dinamikani namoyon etishi, iste'molchilar talabining faollashgani hamda arzon va texnologik modellarga qiziqishning yuqoriligidan dalolat beradi. Brend turli toifadagi xaridorlarning talablari va istaklariga mos keladigan avtomobillarni taklif qilish orqali o'z auditoriyasini topdi.
Haval brendi mart oyiga nisbatan eng yuqori o'sish sur'atini ko'rsatdi - 36,4 foiz. Jami 725 dona avtomobillar sotilgan bo'lib, shundan M6 krossoveri 357 donani tashkil etdi. (49,2 foiz). Ushbu model narx va sig'imning qulay nisbati tufayli e'tiborni tortdi va katta oilalar hamda shaharlararo safarlar uchun eng maqbul tanlovga aylandi. Haval Jolion (275 dona, 37,9 foiz) - o'zgacha uslub, jo'shqinlik va texnologiyalarni qadrlaydigan yoshlar va shaharlik foydalanuvchilarining tanlovi. Yanada qudratli va brutal qiyofaga ega Dargo (60 dona, 8,3 foiz) faol hayot tarzi va yo'lsiz hududlarda sayohatlarni afzal ko'radigan avtohavaskorlarni qiziqtirdi.

Eng katta talab Toshkent shahrida qayd etilgan - 42,2 foiz, keyingi o'rinlarda Buxoro (11,9 foiz), Qashqadaryo (9,8 foiz), Navoiy (8,8 foiz) va Samarqand (7,2 foiz) viloyatlari.
2025-yil aprel oyida Haval brendi avtomobillari sotuvining o'sishi O'zbekiston avtohavaskorlarining yangi, funksional va hamyonbop transport vositalariga bo'lgan yuqori qiziqishidan dalolat beradi. Talabning oshishi poytaxtni ham, mamlakatning asosiy hududlarini ham qamrab oldi va modellarning xilma-xilligi turli yosh va ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini qondirish imkonini berdi.
Haval avtomobil brendining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Haval (Great Wall Motor) avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishish mumkin.