HAVAL avtomobillarining 2024-yil oktabr oyida sotilishi
2024-yilning oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, 485 dona HAVAL M6, JOLION, H6 va DARGO avtomobillari sotildi, bu joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 5 foizga ko‘pdir, deb xabar beradi HAVAL (Great Wall Motor) kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global.
Eng ommalashgan HAVAL modeli M6 bo‘lib qolmoqda. Oktabr oyida ushbu krossoverning 278 donasi sotilgan bo‘lib, O‘zbekistonda HAVAL brendi avtomobillari umumiy sotuv hajmining 57,3 foiziga to‘g‘ri keladi. M6 o‘zining uzoq muddatdagi tejamkorligi, xavfsizligi, ishonchliligi, xizmat ko‘rsatish qiymati arzonroq ekanligi, shuningdek, sig‘imliligi bilan oilaviy xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi.
Ikkinchi o‘rinda 122 dona krossoverlar bo‘lgan natija bilan (25,2 foiz) Jolion modeli qoldi. Jolion ixcham va manyovrli, kundalik safarlarda qulaylikni ta’minlaydigan zamonaviy texnologik yechimlari bo‘lgan o‘ziga xos uslubga ega shahar krossoveri sifatida o‘zini namoyon etadi.
Uchinchi o‘rinni 43 dona ko‘rsatkich bilan Dargo egallab, umumiy sotuv hajmining 8,9 foizini tashkil qildi. Mazkur krossover o‘zining o‘tuvchanlik qobiliyati, qudrati va brutal dizayni bilan ajralib turishi, uni sarguzashtlar va shahar tashqarisiga bo‘ladigan safarlar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. Dargo’dan keyin 40 dona (8,2 foiz) sotilgan H6 joylashdi. H6 krossoveri o‘ziga ishonch va qulayligi bilan o‘ziga jalb qiladi, xavfsizligi va ishonchliligi uchun ko‘p hollarda oilaviy xaridorlar tomonidan tanlanadi. U sokin, ammo o‘ziga xos mavqe beruvchi uslubli dizaynga ega va sermehnatli ish kunidan keyin yo‘lda hordiq chiqarish imkoniyatini ta’minlaydi.
Oktabr oyida 2 dona GWM Wingle 7 pikapi sotilgan bo‘lib, uning sotuvi 2024-yil 14-sentabrda bo‘lib o‘tgan taqdimotidan so‘ng boshlangan edi. Ushbu model o‘zining yuqori darajadagi o‘tuvchanlik qobiliyati, yuk ko‘tarish imkoniyati va ishonchliligi bilan ajralib turishi, uni shaxsiy ehtiyojlar uchun ham, tijorat maqsadlarida ham eng maqbul tanlovga aylantiradi.
2024-yil oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, sotilgan HAVAL avtomobillarining eng katta ulushini Toshkent shahri namoyish etdi – umumiy hajmning 26,2 foizi, u mazkur ko‘rsatkichi bilan 21,2 foizga ega Buxoro viloyatini ortda qoldirdi. Ulardan keyin Samarqand viloyati – 14,2 foiz, Surxondaryo viloyati – 10,5 foiz, Andijon viloyati – 9,7 foiz, Navoiy viloyati – 8,9 foiz, Namangan viloyati – 6,0 foiz va Farg‘ona viloyati – 3,3 foiz.
Oktabr oyida HAVAL avtomobillarini sotib olgan jismoniy shaxslar o‘rtasidagi gender taqsimoti shuni ko‘rsatdiki, xaridorlarning 77,6 foizini erkaklar, 22,4 foizini ayollar tashkil etgan. Shu bilan birga, xaridorlarning asosiy qismi, 80,7 foizi 35 yoshdan oshgan bo‘lsa, 35 yoshgacha bo‘lgan xaridorlar ulushi atigi 19,3 foizni tashkil etdi.
HAVAL zamonaviy texnologiyalar, xavfsizlik va qulaylikni uyg‘unlashtirgan holda shahar va shahar tashqarisidagi aholi ehtiyojlariga javob beradigan avtomobillarni taklif etish orqali O‘zbekiston bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashni davom ettirmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston bozorida HAVAL brendi shahar ichida va shahar tashqarisidagi haydovchilar talablariga javob beradigan, o‘zida ilg‘or texnologiyalar, yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikni mujassamlashtirgan avtomobillarni taklif etmoqda.
HAVAL krossoverlarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan siz haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.