HAVAL avtomobillarining 2024-yilning iyul oyidagi sotuvlari natijalari
Oʻzbekistondagi HAVAL (Great Wall Motor)ning rasmiy distribyutori boʻlgan ADMGlobal kompaniyalar guruhi, 2024-yilning iyul oyida mijozlarga 146 dona M6, H6, DARGO va JOLION modellari yetkazib berildi deb xabar berdi.
2024-yilning iyul oyida HAVALning modellari orasida yetakchi va eng koʻp sotilgan model M6 boʻldi. Ushbu krossoverning 103 donasi sotilib, bu markaning sotilgan barcha avtomobillarning 70,5 foizni tashkil etadi. Bunday natija ushbu zamonaviy, koʻrkam va funktsional SUVga xaridorlarning yuqori talabini yaqqol namoyish etmoqda.
Xususan, xaridorlar tomonidan (avtomobil sohiblarining 75,7 foizi) 143 ot kuchiga ega GW4G15F dvigatel bilan jihozlangan “Premium AT” komplektatsiyasini tanlashda quyidagi optsiyalar alohida ta’kidlangan:
- tom usti reylnglari;
- oldingi tumanga qarshi faralar;
- rul osti boshqaruv tugmalari joylashgan rul chambaragi;
- poliuretanli rul chambaragi;
- koʻp funksiyali rul chambaragi;
- orqa parkovka datchiklari;
- statik chiziqlarga ega ortni koʻrish kamerasi;
- kruiz-nazorati;
- haydovchi tomonidan kalitsiz kirish tizimi.
Ikkinchi oʻrinni 25 dona avtomobil bilan H6 modeli egallab, bu sotuvlar umumiy hajmining 17,1 foizni tashkil etadi. HAVAL H6 modelining uchinchi avlodi “Sharqiy futurism” konsepsiyasi asosida yaratilgan boʻlib, u avtomobilning yorqin va tajovuzkor stilini nafis va elegant qiyofaga aylantiradi.
Shuningdek, 211 ot kuch quvvatiga ega 2.OT(4N20) dvigatel bilan va quyidagi optsiyalar bilan jihozlangan “Premium” komplektatsiyasi kengroq talabga ega bo‘ldi (avtomobil sohiblarining 56 foizi):
- lyukli panoramali tom;
- sun’iy charm bilan qoplangan oʻrindiqlar;
- yon shift yoritgichlari;
- orqa eshikning elektr privodi;
- poygaklar ustidagi poʻlat qoplamalar, proyeksion displey;
- ionlashtirish funksiyasiga ega havo tozalagich;
- avtomatik parkovkalanish tizimi;
- 8 ta dinamikli audio tizim;
- kumush rang reylinglar.
Peshqadamlar uchligini 29-iyun kuni taqdimoti oʻtkazilgan yangi Dargo off-road krossoveri yakunlaydi, u 16 avtomobil ixlosmandlari tomonidan xarid qilingan, yoki barcha sotuvlarning 11 foizni tashkil etadi. Dargo avtomobili trassa boʻylab mukammal harakatlanish uchun ham, yoʻlsizlikni ishonchli ravishda yengib oʻtish uchun ham ideal mosdir. U yuqori texnik xususiyatlarga, zamonaviy jihozlanishga va jozibali dizaynga ega.
Dargo modeli boʻyicha ham xaridorlarning koʻp qismi (avtomobil sohiblarining 87,5 foizi) tomonidan, 5600-6300 ayl/daq.da 192 ot kuchi quvvatiga ega 2.OT(4WD) dvigatel bilan jihozlangan va quyidagi optsiyalarga ega boʻlgan eng yuqori “Premium” komplektatsiyasi tanlanildi:
- yoʻltanlamas uslubga hos dizayndagi bamperlar, radiator panjarasi va gʻildirak arkalari kengaytirgichlari;
- quyoshdan himoyapeshlardagi yoritigichlar bilan jihozlangan makiyaj koʻzgulari;
- burilishni yoritish funksiyasiga ega yorugʻlidiodli old tumanga qarshi faralar;
- orqa oʻrindiqlarning isitilishi;
- 2-qator yoʻlovchilari uchun xavfsizlik kamarining taqilmaganligini bildiruvchi indikator;
- avtomatik qorayish funksiyasiga ega ortni koʻrish koʻzgusi.
Jolion modeli 2 nafar avtomobil sohiblariga topshirildi. Shu bilan birga, sportcha qiyofadagi kuzovli (feysliftdan so‘ng) zamonaviy, jozibali, yangilangan krossoverga buyurtmalar soni iyul oyida 18 donani tashkil etdi. Xaridorlarning sezilarli qismi (66,7 foiz), 143 ot kuchi quvvatiga ega 1.5T(4G15K) dvigatel bilan va quyidagi optsiyalar bilan jihozlangan Jolion “Premium” komplektatsiyasini tanladilar:
- eshik oynalarining xromlangan chetlari;
- yorugʻlidiodli faralar;
- 225/55 oʻlchamli shinalarga ega 18 dyuymli yengil qotishmadan ishlangan gʻildirak disklar;
- 6 yoʻnalishda elektr tarzda sozlanuvchih haydovchi oʻrindig‘i;
- panoramik lyuk;
- qisib qolishga qarshi funksiyasi bilan jihozlangan 4 eshik oynasining avtomatik yopilish tizimi;
- old parkovka datchiklari;
- intellektual chetlashish funksiyasi (Smart Dodge);
- raqamli qurilmalar paneli, 7 dyuymli rangli ekran.
Mijozlarning HAVAL modellariga boʻlgan barqaror talabi ularning ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchisining mahsulotlarining a’lo sifatiga va ishonchliligiga boʻlgan qat’iy ishonchidan dalolat beradi.
HAVAL modellari boʻyicha mijozlarning barqaror talabi ularning ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchisining mahsulotlarining a’lo sifatiga va ishonchliligiga boʻlgan qat’iy ishonchini koʻrsatadi.
HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishishishingiz mumkin