HAVAL brendi avtomobillarining 2025-yil may oyidagi sotuv statistikasi
2025-yil may oyi O'zbekiston iste'molchilari orasida HAVAL brendi avtomobillariga bo'lgan barqaror talabni namoyish etdi. Mashhur brendning jami 689 dona avtomobillari sotildi.
HAVAL sotuvlarning asosini tashkil etgan M6 modelining ommabopligi tufayli ishonchli o'sishni namoyish etmoqda - 441 dona yoki brendning umumiy sotuv hajmining 64 foizi. Ommabopligi bo'yicha ikkinchi o'rinni 178 dona avtomobillar bilan Jolion krossoveri egalladi. Dargo (26 dona), H9 (19 dona) va H6 (18 dona) modellari sotuvi kamroq, ammo ahamiyatli bo'lib qolmoqda.
Eng faol sotuv bozori yana Toshkent bo'lib, u HAVAL sotuvlarining 31,9 foizini ta'minladi. Buxoro viloyati 12,3 foiz, Qashqadaryo viloyati 11 foiz, Samarqand viloyati 9,9 foiz, Navoiy viloyati 8,4 foiz natija ko'rsatib, poytaxt hududidan tashqarida ham brendga qiziqish ortib borayotganini tasdiqladi.
HAVAL xaridorlarining aksariyatini erkaklar (70,2 foiz) bo'ldi. Ayollar 29,8 foizni tashkil qildi. Yosh tarkibi quyidagicha taqsimlandi: eng yuqori ulush 40-49 yosh (30,6 foiz), keyingi o'rinlarda 30-39 yosh (28,2 foiz), 50-59 yosh (21,3 foiz) va 18-29 yosh (12,1 foiz) toifasiga to'g'ri keldi. 60-69 yoshdagilar avtomobillarning 7,5 foizini, 70 yoshdan oshgan xaridorlar ulushi esa 0,3 foizni tashkil qildi.
2025-yilning may oyidagi sotuv statistikasi O'zbekiston avtomobil bozorida barqaror faollikni ko'rsatmoqda. HAVAL brendining kuchli modellar, hududiy diversifikatsiya va demografik segmentlarda aniq pozitsiyalanishi orqali o'z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Tendensiyalar shuni ko'rsatadiki, xaridor narx, sifat va brend obro'si nisbatiga e'tibor qaratib, tobora ko'proq axborotga ega va tanlab oladigan bo'lib bormoqda.