HAVAL brendi avtomobillarining sotuv hajmi 2024-yil sentabr oyida 15 foizga oshdi
2024-yilning sentabr oyida 434 dona M6, JOLION, H6 va DARGO modelidagi avtomobillarning sotilishi, mazkur yilning avgust oyiga nisbatan 15 foizga oshganini ko‘rsatmoqda, deb xabar berdi O‘zbekistondagi HAVAL (Great Wall Motor) rasmiy distribyutori, ADM Global.
O‘zbekistondagi HAVAL avtomobillari xaridorlari orasida M6 modeli eng ommalashgan hisoblandi. Sentabr oyida 260 dona krossover sotilganligi bois, mazkur brendning umumiy sotuv hajmining 59,9 foizini tashkil qildi. Ayniqsa, “Premium AT” komplektatsiyasi xaridlarning 72,3 foizini tashkil etdi.
Sotilgan avtomobillar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni yangilangan JOLION egalladi. Sentabr oyida 115 dona avtomobillar sotildi (umumiy hajmining 26,5 foizi). Bunda xaridorlarning 57,4 foizi “Premium” komplektatsiyasini tanladi.
M6 va JOLION dan so‘ng H6 va DARGO modellari keladi. Sentabr oyida 33 dona H6 (7,6 foiz) va 26 dona DARGO (6 foiz) avtomobillari sotildi. H6 egalarining 42,4 foizi 2.0T dvigatelli “Prestige” komplektatsiyasi, 39,4 foizi esa 1.5T dvigatelli “Premium” turini tanladilar.
Birinchi marta HAVAL avtomobillari sotuvi bo‘yicha Buxoro viloyati 36 foiz bilan yetakchi bo‘ldi va Toshkent shahrini (21,9 foiz) ortda qoldirdi. Ulardan keyin Samarqand viloyati – 14,3 foiz, Surxondaryo viloyati – 12,9 foiz, Andijon viloyati – 10,6 foiz bilan joylashdilar. Qolgan 14,3 foizi mamlakatning boshqa hududlariga to‘g‘ri keldi.
Sentabr oyida avtomobil sotib olgan jismoniy shaxslar orasida erkaklar 73,3 foiz, ayollar esa 26,7 foizni tashkil etdi. Xaridorlarning aksariyati – 78,3 foizi – 35 yoshdan oshgan, 35 yoshgacha bo‘lgan xaridorlarning ulushi esa atigi 21,7 foizni tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilayotgan avtomobillar turkumi doimiy ravishda to‘ldirib borilmoqda. Shunday qilib, 2024-yil 14-sentabr kuni Toshkentda GWM Wingle 7 pikapining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va sotuvi boshlandi. Ushbu avtomobil o‘zining yuqori harakatlanish qobiliyati, yuk ko‘tarish qobiliyati va ishonchliligi bilan e’tiborni tortishi sababli, uni shaxsiy va tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mukammal tanlovga aylantiradi.
“HAVAL” brendi avtomobillari sotuvining o‘sishi “HAVAL” brendi modellarining keng qamrovligi, yuqori qulayligi, xavfsizligi, shuningdek, jozibador tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadigan iste’mol talabining oshganidan dalolat beradi.
HAVAL krossoverlarining tavsifi, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan siz haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.