HAVAL: Jolion sotuvi 19,4 foizga oshdi
May oyida HAVAL 684 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi.
Brendning sotuvlar bo'yicha yetakchisi sifatida M6 bo'lib qolmoqda - bir oy ichida 341 dona krossover sotildi. Keyingi o'rinda 228 dona SUV avtomobil bilan Jolion joylashgan bo'lib, maskur ko'rsatkich 2026-yil apreliga nisbatan 19,4 foizga ko'pdir.
Shuningdek, oy yakuni bo'yicha quyidagilar amalga oshirildi:
- H6 - 80 dona SUV.
- H9 - 21 dona to'liq o'lchamli yo'ltanlamas;
- Dargo - 12 dona o'rta o'lchamli yo'ltanlamas;
- Wingle 7 - 2 dona pikap.
M6 va Jolion O'zbekistonda HAVAL avtomobillariga bo'lgan talabning sezilarli qismini ta’minlashda davom etmoqda.