Iyul oyi raqamlarda: HAVAL modellariga barqaror qiziqish – 814 dona krossover
2025-yil iyul oyida O'zbekistonda HAVAL (Great Wall Motor) avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo'lgan ADM Global kompaniyalar guruhi HAVAL avtomobillariga qiziqishning barqaror darajasini qayd etdi.

HAVAL: krossoverlarga barqaror talab va e'tibor
Iyun oyiga nisbatan sotuvlarning o'rtacha pasayishiga qaramay, HAVAL modellariga qiziqish barqaror bo'lib qolmoqda. Iyul oyida 814 dona avtomobillar sotilgan bo'lib, ular orasida HAVAL M6 modeli yetakchilik qilmoqda - 474 dona krossoverlar (HAVAL brendining umumiy sotuv hajmining 58,2%). Bu faol oilalar va ko'p hollarda shaharlararo safar qiliuvchi haydovchilar uchun qulay va ishonchli variantdir.
Qolgan modellar quyidagicha taqsimlandi:
- Jolion - 224 dona (27,5%) - narxi va funksiyalari bo'yicha muvozanatlangan krossover.
- H6 - 73 dona (9,0%) - zamonaviy va o'zgacha uslubdagi SUV izlayotganlar uchun model.
- H9 - 26 dona (3,2%) - sayohat ishqibozlari uchun premium toifadagi yo'ltanlamas.
- Dargo - 17 dona (2,1%) - alohida xususiyatlarga ega yorqin krossover.
HAVAL sotuvi geografiyasi - TOP-5 hududlar:
- Toshkent shahri - 42,5%
- Buxoro viloyati - 9,7%
- Samarqand viloyati - 9,5%
- Navoiy viloyati - 7,6%
- Qashqadaryo viloyati - 6,6%
Gender taqsimoti (jismoniy shaxslar):
- Erkaklar - 75,0%
- Ayollar - 25,0%
Xaridorlarning yoshi bo'yicha tarkibi:
- 30-39 yosh - 32,8%
- 40-49 yosh - 26,3%
- 50-59 yosh - 19,8%
- 18-29 yosh - 11,6%
- 60-69 yosh - 9,0%
- 70 yosh va undan kattalar - 0,5%
HAVAL sotuv hajmidagi kichik tebranishlarga qaramay, bozorda barqaror ishtirokini saqlab qolmoqda. Erkaklar auditoriyasiga aniq yo'naltirilganlik va krossoverlarning ustunligi brendning strategik yo'nalishini tasdiqlaydi.