Mart oyida HAVAL brendi avtomobillari sotuvining barqaror sur’atlarda o‘sishi
2025-yilning mart oyida O‘zbekistonda 461 dona HAVAL (Great Wall Motor) avtomobillari sotilgan bo‘lib, mazku ko‘rsatkich fevral oyiga nisbatan 15,2 foizga ko‘pdir. Brend modeliga bo‘lgan barqaror talabning mavjud bo‘lishi xaridorlar tomonidan yuqori darajadagi ishonchni tasdiqlaydi. Qaysi modellar eng talabgor va qaysi hududlar eng faol sotuvlarga ega bo‘ldi? Tafsilotlarni ko‘rib chiqamiz.
2025-yil mart oyida HAVAL M6 sotuv bo‘yicha yetakchiligini saqlab qoldi – sotilgan krossoverlar soni 217 donani tashkil etgan bo‘lib, mazkur brendning umumiy sotuv hajmining 47,2 foizini tashkil etdi. Ushbu avtomobil o‘zining qulayligi, sig‘imi va maqbul darajadagi opsiyalar to‘plami bilan o‘ziga jalb qiladi. Kundalik foydalanishda qulaylik hamda egalik qilish va xizmat ko‘rsatishda hamyonbopligini qadrlaydiganlar, uni ma’qul ko’rib, tanlab olishadi.
HAVAL JOLION reytingning ikkinchi o‘rinini egalladi – 155 dona sotilgan avtomobillar (33,7 foiz). Ushbu shahar muhiti uchun mo‘ljallangan krossover zamonaviy dizayn, manyovr qilish qobiliyati va texnologiyalar bo‘yicha o‘ziga xos imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan. Uchinchi o‘rinni 46 dona sotilgan avtomobillari (10,0 foiz) bilan HAVAL H6 egalladi – yuqori darajadagi qulaylik va ilg‘or xavfsizlik tizimlariga ega model.
Barcha yo‘llarda o‘tish qobiliyati yuqori, qudratli va brutal qiyofaga ega HAVAL DARGO ni 36 nafar avtohavaskorlar tanlashdi. Mustahkam materiallar, intellektual xavfsizlik tizimlari va yuqori darajadagi klirens tufayli ushbu yo‘ltanlamas turli xil foydalanish sharoitlari uchun universal yechim sifatida o‘zini namoyish etdi va hatto eng talabchan haydovchilarning ham ehtiyojlarini qondira oldi.
Mart oyida GWM WINGLE 7 ni 7 nafar xaridorlar sotib olishdi. Pikap qudratli va qulay avtomobilga muhtoj bo‘lganlarning e’tiborini jalb qilishda davom etmoqda. U yuk ko‘tarish, barcha yo‘llarda o‘tish qobiliyati va tejamkorlikni o‘zida mujassam etgan bo‘lishi tufayli uni ish maqsadida va faol dam olish uchun eng maqbul tanlovga aylantiradi.

O‘zbekistonda HAVAL brendi avtomobillari sotuvining eng katta hajmi poytaxtga to‘g‘ri keldi – Toshkentda umumiy hajmning 31,7 foizi sotilgan. Ikkinchi o‘rinda 17,6 foiz ulush bilan Buxoro viloyati, keyingi o‘rinlarda Samarqand (9,6 foiz), Navoiy (9,1 foiz) va Qashqadaryo (8,7 foiz) viloyatlari qayd etilgan. Qolgan hududlar sotuvning 23,3 foizini ta’minladi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasidagi gender taqsimoti shuni ko‘rsatadiki, avtomobil egalarining 73,4 foizini erkaklar, 26,6 foizini esa ayollar tashkil etadi.
HAVAL avtomobillariga 40-49 yoshdagi (32,8 foiz) va 30-39 yoshdagi (31,0 foiz) xaridorlar ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Keyingi o‘rinlarni 50-59 yosh (19,4 foiz), 60-69 yosh (9,6 foiz) va 18-29 yosh (6,5 foiz) guruhlari egallagan. 70 yoshdan oshgan xaridorlar umumiy sonining 0,8 foizini tashkil etadi.
Mart oyi natijalari HAVAL brendi avtomobillari O‘zbekiston bozorida ishonch qozonishda davom etayotganini namoyish etmoqda. Ilg‘or texnologiyalar, yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikning maqbul uyg‘unligi brendni avtomobil ishqibozlari uchun eng jalb qiluvchi takliflardan biriga aylantiradi. HAVAL – ishonchli va zamonaviy avtomobil izlayotganlar uchun maqbul tanlov.
HAVAL avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan HAVAL (Great Wall Motor) avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishish mumkin.