GWM WINGLE 7
HAVAL DARGO
HAVAL JOLION
HAVAL M6
HAVAL H6
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
GWM WINGLE 7
HAVAL DARGO
HAVAL JOLION
HAVAL M6
HAVAL H6

Oʻzbekistondagi HAVAL brendining 2024-yil iyun oyidagi sotuvlari natijalari

ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yil iyun oyida HAVAL brendiga mansub avtomobillarning sotuvlari yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi, mijozlarga 211 dona M6, JOLION, H6 va DARGO modellari taqdim etildi.

M6 SUV avtomobili 2024-yil 1-iyul sanasiga qadar tuzilgan shartnomalar soni boʻyicha 1-oʻrinni egallab, iyun oyida egalariga topshirilgan avtomobillar soni boʻyicha yetakchiga aylandi. M6 avtomobilining 142 birligi egalariga topshirilgan boʻlib, bu 2024-yil iyun oyida sotilgan HAVAL modellarining 71 foizini tashkil etadi, ularning 84 foiz qora, 13 foiz oq va 4 foiz kulrang ranglidir. HAVAL M6, 143 ot kuchiga ega quvvatli GW4G15F dvigateli bilan jihozlangan, keng, qulay va xavfsiz oilaviy SUV hisoblanadi. “Comfort” komplektatsiyasi raqamli qurilmalar panelini, orqa o’rindiqlar yoʻlovchilari uchun havo deflektorlarini, elektr oyna koʻtargichlar va rulosti oʻzgartirish kalitlariga ega poliuretandan ishlangan rul chambaragini oʻz ichiga oladi, “Premium” komplektatsiyasi esa, tom reylinglari, tumanga qarshi faralar, multi funksional rul chambaragi, parkovka datchiklari, ortni koʻrish kamerasi, kruiz-nazorati va kalitsiz kirish tizimi bilan qoʻshimcha ravishda jihozlangan.

H6 avtomobili HAVAL brendining eng koʻp sotilgan ikkinchi oʻrindagi krossoveri bo'lib, uning sotuvlari umumiy sotuv hajmining 19 foizini yoki 41 birlikni tashkil etdi. Xaridorlarning 68 foiz qora rangni, 24 foiz oq rangni va 7 foiz kul rangni tanladilar. HAVAL’ning uchinchi avlodga mansub H6 modeli “Sharqiy futurizm” uslubidagi nozik va elegant dizaynni bilan ajralib turadi. 211 ot kuchli 2.0T (4N20) dvigatelga ega top komplektatsiyadagi HAVAL H6 “Premium” panoramali tom, oʻrindiqlarning sun’iy charmdan qoplamasi, orqa eshik elektr privodi, orqa oynalarning tonirovkasi, proyektsion ekran, 12,3 dyuymli sensorli displeyli multimedia tizimi, 8 dinamik, 19 dyuymli gʻildiraklar va ionlashtirish funktsiyasiga ega havo tozalagich bilan jihozlangan.

143 ot kuchi quvvatiga ega 1,5T dvigateli bilan jihozlangan Jolion krossoveri 19 birlik yoki umumiy sotuvlar hajminining 9 foizi koʻrsatkich bilan uchinchi oʻrinni egalladi. “Prestige” komplektatsiyada xromlangan elementlar, yorugʻlikdiodlik faralar, raqamli qurilmalar paneli, audio tizimi, iqlim-nazorati, aylanasiga koʻrish kameralari va haydash rejimlari tanlovi mavjud, “Premium” top komplektatsiya esa panoramali lyuk, 18 dyuymli gʻildiraklar, haydovchi oʻrindigʻinining elektr sozlanishi, elektr oyna koʻtargichlar, parkovka datchiklari va boshqa optsiyalarni oʻz ichiga oladi.

Ta’kidlash joiz, taqdimoti yaqindagina, 29-iyun kuni boʻlib oʻtgan yangi DARGO off-road krossoverini ikki avtomobil ixlosmandlari sotib olishga ulgurib boʻldilar. HAVAL DARGO – bu yuqori texnik xarakteristikalarni, zamonaviy jihozlanish va jozibali dizaynni oʻzida mujassam etgan, qulaylikni yoqtiruvchilarda ham, faol off-road dam olish ixlosmandlarida ham qiziqish uygʻota oladigan yoʻltanlamas avtomobildir. Kapotining ostida 1998 kub.sm hajmli va daqiqasiga 5600-6300 aylanmalarda 192 ot kuchi quvvatga ega, turbo purkashli va yonilgʻi toʻgʻridan-toʻgʻri quyiladigan 4 silindrli benzinli dvigatel oʻrnatilgan. Aylantiruv momenti daqiqasiga 1500-4000 aylanmalar diapazonida 320 Nm.ga yetadi. Transmissiyasi – nam turdagi qoʻshaloq ulanmali, 7 bosqichli robotlashtirilgan uzatish qutisidir. Toʻliq privodli 4WD transmissiya, “MacPherson” tipidagi mustaqil old podveska va ikki dastakli mustaqil orqa podveska yuqori yoʻltanlamaslik imkoniyatlarini ta'minlaydilar.

HAVAL modellarini sotib olishga iste’molchilarning katta qiziqishi ularning ushbu avtomobil markasi mahsulotlarining sifatliligi va ishonchliligiga boʻlgan ishonchidan dalolat beradi.

ADM Global kompaniyalar guruhi HAVAL (Great Wall Motor)ning Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.

HAVAL brendiga mansub avtomobillarning Oʻzbekistondagi yigʻish ishlari “Jizzax” EIZda – ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi, Oʻzbekistondagi xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavod boʻlgan ADM Jizzakh zavodida amalga oshirilmoqda.

HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishish mumkin