
Avtomobilingizni foydali tarzda yangilang:
Yangi HAVAL avtomobilini orzu qilyapsiz, ammo eskisini sotishga vaqt sarflashni istamaysizmi?
Buni ro'yobga chiqarish Trade-in dasturi bilan har qachongidan ham osonlashdi!
Trade-in nima?
Trade-in – bu hozirgi avtomobilingizni yangi HAVAL'ga almashtirish uchun qulay dastur.
Siz eski avtomobilingizni topshirasiz, uning qiymati esa yangi avtomobil xarid qilayotganda dastlabki to'lov sifatida hisobga olinadi. Barchasi rasmiy tarzda, tez va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz amalga oshiriladi.
Bu qanday ishlaydi:
Avtomobilni baholash
HAVAL mutaxassislari avtomobilingizni shaffof va obyektiv tarzda baholashadi.
Yangi HAVAL modelini tanlash
Siz joriy turkum – Jolion, M6, H6, Dargo yoki H9'dan istalgan avtomobilni tanlaysiz.
Qiymatni hisobga olish
Eski avtomobilingiz qiymati yangi HAVAL narxidan chegirib tashlanadi.
Bitimni rasmiylashtirish
Biz barcha hujjatlar va yuridik masalalarni o'z zimmamizga olamiz – sizga faqat yangi avtomobil kalitini olish qoladi.
Trade-in dasturining afzalliklari:
- Tez: xaridorlarni izlamasdan va kutishlarsiz.
- Foydali: avtomobilning haqqoniy tarzda baholanishi.
- Ishonchli: barchasi dilerlik markazida rasmiylashtiriladi.
- Qulay: darhol muddatli to'lov yoki avtokreditga xarid qilishingiz mumkin.
Eskisini almashtiring – yangi HAVAL'ni tanlang!
Zamonaviy qulaylik va texnologiyalar sari qadam tashlang.
Eng yaqin rasmiy HAVAL Uzbekistan dilerlik markazida avtomobilni baholash yoki yangi modeldagi test-drayvga yoziling.
Batafsil ma'lumotlar olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling: +998 (71) 287-88-88