• Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х

HAVAL «IBA Champions’ Night»da

2024-yil 14-aprel kuni Toshkent shahridagi Humo Arena majmuasida professional boks boʻyicha «IBA Champions’ Night» («IBA chempionlari kechasi») katta turnir boʻlib oʻtdi. Tadbirning asosiy homiylaridan biri sifatida HAVAL avtomobil brendi ishtirok etdi. Oʻzbekistonda HAVAL (Great Wall Motor) avtomobil brendining rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhidir.

Majmuaga tashrif buyurgan koʻp sonli tomoshabinlarni Yevro-5 ekologik standartiga muvofiq boʻlgan, 5 yulduzli xavfsizlik reytingiga ega H6 (ANCAP) va DARGO (C-NCAP) krossoverlarining mashhur, qulay modellari aks etgan HAVAL avtomobil brendining stendi kutib oldi.

Turnir bizning jangchilarimiz uchun 100 foiz muvaffaqiyatli o‘tdi – barcha janglar vatandoshlarimiz foydasiga yakunlandi. 51 kg eng yengil vazn toifasidagi IBA chempionlik kamari uchun o‘tkazilgan kechaning markaziy jangida, 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va 2023-yilgi Jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov va ispaniyalik bokschi Samuel Karmonalar uchrashdilar. To‘liq 10 raundli bahsda Hasanboy Do‘smatov hakamlarning bir ovozli qarori bilan g‘olib deb topildi va IBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Boshqa vatandoshlarimiz Jahongir Zokirov, Elnur Abduraimov, Mujibillo Tursunov, Iqboljon Xoldarov, Aʼloxon Abdullayev, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham oʻz vazn toifalarida gʻalaba qozondilar.

HAVALning vakillari ham sportchilarimiz erishgan gʻalabalardan koʻplab tomoshabinlar bilan birga quvondilar.

HAVAL krossoverini xarid qilishga qaror qilganlar, ushbu brend avtomobillarining toʻliq xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va avtomobillarining Oʻzbekistondagi narxlari bilan haval.uz sayti orqali tanishishlari mumkin. Avtomobilning kafolat muddati, qay biri avval kelishiga ko‘ra 5 yil yoki 150 000 km yurilishiga tengdir.