• Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х

Haval Jolionʼning yangilangan narxlari

Haval avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanuvchi ADM Global kompaniyasi har yili 14 yanvar kuni respublikada nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yangilangan, qulay narxlarni e’lon qildi.

Ushbu vaqtinchalik taklif doirasida Haval Jolion narxlari yangilanmoqda. Xaridorlarda yanada qulay narxda yuqori sifatli Haval avtomobiliga ega bo‘lishning noyob imkoniyati mavjud.

Jolion kapoti ostida quvvati 143 ot kuchigacha bo‘lgan 1,5 litrli turbo benzinli dvigatel joylashgan. Uzatmalar qutisi — «nam» tipdagi qo‘sh ssepleniyega ega 7 pog‘onali robot. Narxi hozirda konfiguratsiyaga qarab 309 900 000 so‘mdan 349 900 000 so‘mgacha o‘zgarib turadi. Yangi narxlar quyidagicha:

Comfort – 289 900 000 so‘m

«Komfort» to‘plamida krossover 3,5 dyuymli bort kompyuteri, kruiz nazorati va orqa ko‘rinish kamerasiga ega bo‘ladi.

Prestige – 304 900 000 so‘m

«Prestij» to‘plami qo‘shimcha ravishda LED faralar, 360 darajali har tomonlama ko‘rish tizimi, haydash rejimini tanlash va pastlikka tushishda yordamlashuvchi tizimni o‘z ichiga oladi.

Premium – 329 900 000 so‘m

Maksimal komplektatsiya panoramali lyuk, proyeksion displey, avtomatik tormozlash uchun qo‘shimcha tizimlar, chorrahalarda to‘qnashuvning oldini olish, orqaga qaytishda yordam va avtoturargoh tizimi tufayli yanada ko‘proq qulaylikni ta’minlaydi.

Haval brendi va ADM Globalʼning birgalikdagi sa’y-harakatlari mijozlar ehtiyojlarini qondirish va eng yaxshi xarid shartlarini ta’minlashga qaratilgan. Ishonchli va zamonaviy Haval Jolion avtomobiliga egalik qilish imkoniyatini boy bermang — ushbu ajoyib aksiyadan va u taqdim etayotgan barcha imtiyozlardan foydalanish uchun eng yaqin Haval dilerlik markaziga shoshiling.

Barcha HAVAL avtomobillariga 5 yil yoki 150 000 km masofa kafolat beriladi.

HAVAL avtomashinalarini rasmiy dilerlardan xarid qilish mumkin:

+998 (71) 287-88-88 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib test drayvga yoziling.