• Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х

Termiz shahrida yangi HAVAL rasmiy dilerlik markazi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

HAVAL (Great Wall Motor) brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi o‘z dilerlik tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda.

2024-yilning 6-mart kuni Termiz shahrida yangi HAVAL dilerlik markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “RITEYL” kompaniyasi HAVAL avtomobil brendining Termiz shahridagi rasmiy dileriga aylandi. Ochilish va lenta kesish marosimida mutasaddi shaxslar boʻlgan – “HAVAL Uzbekistan” kompaniyasi direktori Vyacheslav Vasilyev va “RITEYL” MChJ direktori Sherzod Sodiqovlar ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda san’atkorlar, blogerlar, tadbirkorlar, avtomobil ixlosmandlari ham ishtirok etdilar. Soʻng, HAVAL M6, JOLION va H6 toʻliq oʻlchamli krossoverlarining taqdimoti oʻtkazilib, undan soʻng mutaxassislar mehmonlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar.

Tajribali menedjerkar jamoasi potentsial mijozlarga HAVAL avtomobillarining barcha modellari haqida barcha ma’lumotlarni taqdim etib, ularning imkoniyatlari va xususiyatlari haqida gapirib berdilar. Shuningdek, mehmonlarga avtomobillarni yo‘lda sinab ko‘rish imkoniyati berilib, bu bilan avtomobil ishqibozlari ularning qanchalik qulay, texnologik va ishonchli ekanligini his qilishlari imkoniyati yaratildi. Test-drayv oʻtkazilgandan soʻng, xuddi shu kunning oʻzidayoq 7 tadan ortiq mijozlar oʻzlariga yoqqan krossover modelini xarid qildilar.

Ma’lumot uchun: Haval (Great Wall Motor) oʻta jiddiy ANCAP krash-testida besh yulduzga erishdi: https://www.ancap.com.au/safety-ratings/great-wall-motors

Barcha rasmiy dilerlik markazlarida manfaatli xarid shartlari, jozibador kafolat va ishlab chiqaruvchidan – 5 yil yoki 150 000 km yurishga, qay biri birinchi kelsa, servis xizmatlari taqdim etiladi.

Termiz HAVAL

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz sh. Shimoliy darvoza, 17k uy

Ish vaqti: 9:00 dan 19:00 gacha

Telefonlar: +998 (90) 522-20-20