• Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х

Toshkentda ADM Global kompaniyasi HAVAL avtomobillarining tantanali taqdimoti boʼlib oʼtdi

Birinchi 100 ta xaridor uchun maxsus taklif mavjud. Korporativ mijozlar uchun ham zo'r chegirmalar mavjud.

14-oktabr kuni Toshkent shahridagi Renaissance Hallda HAVALning Oʼzbekistondagi rasmiy distribyutori boʼlgan ADM Global kompaniyasining HAVAL brendiga mansub ilk avtomobillarining tantanali taqdimoti oʼtkazildi

Ixcham krossoverlar segmenti yetakchisi muxlislar oldida ikki model koʼrinishida gavdalandi: Jolion va H6. Har bir model uch xil komplektatsiyaga ega - Comfort, Prestige va Premium.

Yangi krossoverlarni baholash uchun yuzlab mehmonlar tashrif buyurdilar. Jo‘shqin ko‘ngilochar dastur barchaga manzur bo‘ldi: zamonaviy raqslar va baland elektron musiqalar bilan to‘la dinamik va ajoyib lazer shou, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazovning chiqishlari, shuningdek, rulga o'tirish, salonni ko'zdan kechirish va HAVAL brendining beqiyos sifatini baholash imkoniga ega bo'lgan mehmonlar ishtirokidagi yangi avtomobillar haqidagi batafsil sharhlar.

“Ajoyib o'tdi. Menga yoqdi. Yorqin shou, Barchasi eng mayda tafsilotlargacha puhta o'ylangan. Shunday hashamatli avtomashinalar fonida juda ta’sirli taqdimot”, — deb mehmonlardan biri o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ta'kidlash joizki, yangi HAVAL avtomobillari xaridorlarni kuzovning mavjud 4 ta rangi bilan hushnud eta oladilar.

O‘zbekiston uchun an'anaviy oq va qora ranglardan tashqari, qizil va ko‘k ranglar ham mavjud. Shuni qo‘shimcha qilish joizki, salon rangini ham didingizga mos tanlash mumkin, bu O‘zbekiston uchun innovatsion holatdir”, — dedi HAVAL brendining texnik qismi bo'yicha mutaxassisi Anton Topilin.

Ta’kidlash joizki, tadbirda HAVAL avtomobillarining dastlabki ikki xaridoriga sertifikat va sovg‘alar topshirildi.

HAVAL krossoverlari hozirda MDHda keng tarqalgan. HAVAL brendining o'ziga xos xususiyati, bu jozibador narxlardagi ilg'or bort texnologiyalari va zamonaviy dizayndir. Jolion va H6 markalari qo'shni mamlakatlar bozorlarida chinakamiga xitga aylanganlar. Endi mazkur krossoverlardan O‘zbekiston aholisi ham mamnun bo‘la oladilar.

ADM Global kompaniyasi yuqorida ko'rsatilgan modellar sotuvlari boshlanganini e'lon qilib bo'ldi. Yilning ohiriga qadar modellar qatori boshqa modellar, jumladan M6, Dargo va boshqa modellar bilan kengaytiriladi

Bundan tashqari, dastlabki 100 nafar xaridor uchun maxsus taklif mavjud: 12 million so‘mdan kam bo'lmagan miqdorda oldindan to‘lov amalga oshirilganda va shartnoma bo‘yicha 5 kun ichida to‘liq to‘lov amalga oshirilganda narx 12 million so‘mga arzonlashadi.

Shuningdek, korporativ mijozlar uchun ham taklif mavjud: uch va undan ortiq avtomobil xarid qilishda 4,8 million so‘mdan boshlanuvchi chegirma taqdim etiladi.

Hozirda HAVAL avtomobillarining ikkala modeli ham "Olmazor" dilerlik markazida mavjud

Ish vaqti: 9:00 - 20:00 dam olish kunlarisiz

Manzil: Olmazor tumani, Kichik halqa yo'li, 36-uy

Telefon: +998 71 287 88 88