• Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • Dilerlar
HAVAL M6
HAVAL JOLION
HAVAL H6
Yangiliklar
HAVAL DARGO Х

Toshkentda HAVAL M6 avtomobili yangi modelining noodatiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston poytaxtidagi Hangar by Oila restoranida HAVALʼning yangi krossoveri - M6 avtomobili taqdimotiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

10 dekabr kuni Toshkent shahridagi Hangar by Oila muassasasida HAVAL brendining yangi modeli taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  

Tadbir HAVAL avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanuvchi ADM Global kompaniyasi tomonidan tashkillashtirildi.

Tadbir oddiy avtomobil taqdimotidan ko‘ra yorqin ranglar va haydash zavqi bilan to‘ldirilgan katta teatrlashtirilgan tomoshaga o‘xshardi. Kirishda mehmonlarni bita bilan qurollangan qattiqqo‘l erkaklar kutib oldi, atrof-muhitga mos kayfiyat beruvchi dekoratsiya hozirlangan. Bularning barchasi birgalikda Nyu-York ko‘chalarida hukmronlik qilgan va mahalliy aholida doim qo‘rquv uyg‘otgan gangsterlar davrini esga solardi.

«Biz uni rostdan ham insonlar uchun ishlab chiqarilgan mashinaga aylantirmoqchimiz. Bu mashina qanday bo‘lishi kerak? Yaxshi va qulay avtomobil. Bu borada bizda mukofot bor. Shuningdek, mashina amaliy bo‘lishi lozim. Mashina ancha katta, keng, qulay va narxiga arziydigan bo‘lishi shart», — deb ta’kidladi HAVALʼning O‘zbekistondagi markazi direktori Vyacheslav Vasilev.

Great Wall Motor va ADM Global kompaniyalari O‘zbekistonda HAVAL modellari assortimentini faol ravishda kengaytirmoqda. Oktyabr oyida HAVAL brendi bozorga rasman kirib keldi va ikkita modelni taqdim etdi: H6 va Jolion, endi esa qator yana bir krossover — M6 bilan kengaytirildi.

HAVAL M6 — ideal oilaviy avtomobil. Keng, qulay va xavfsiz. U ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan texnik yechimlar bilan boyitilgan. Avtomobilning tashqi ko‘rinishi har doim dolzarb bo‘lib qoladigan jihatlar — amaliylik va cheklanganlikdan ehtiyotkorlik bilan foydalanadi. Model keng intererga ega va allaqachon O‘zbekiston yo‘llariga, issiq va sovuq iqlim sharoitlariga moslashgan.

Avtomobilning o‘lchamlari yirik: 4664 x 1830 x 1729 mm, g‘ildirak bazasi esa 2680 mm. M6 old privod va 1,5 litrli GW4G15F turbo dvigateli bilan jihozlangan. Ushbu dvigatel 143 ot kuchiga va aylantiruvchi kuch momenti 202 Nm quvvatga ega. Transmissiya — 7 pog‘onali, robotlashtirilgan, ikkita muftali.

HAVAL M6 eng mashhur ranglarda sotuvga chiqqan: oq, kulrang va qora. Avtomobil jihozlariga iqlim nazorati, kruiz-kontrol, orqa ko‘rish kamerasi, kalitsiz ishga tushirish uchun qulay tugma, 10,25 dyuymli multimediali displey, to‘rt karnayli audiotizim, old o‘rindiqlarni isituvchi va pedal o‘tkazgichlar kiradi.

Model ikkita komplektatsiyada taqdim etilgan:

Comfort komplektatsiyasidagi M6 krossoverining narxi: 244 900 000 so‘m

Premium komplektatsiyasidagi model narxi: 259 900 000 so‘m

Barcha HAVAL avtomobillariga 5 yil yoki 150 000 km masofa kafolat beriladi.

HAVAL avtomashinalarini rasmiy dilerlardan xarid qilish mumkin:

+998 71 287 8888 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib test drayvga yoziling.