GWM WINGLE 7
HAVAL DARGO
HAVAL JOLION
HAVAL M6
HAVAL H6
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
  • HAVAL ijtimoiy tarmoqlarda
GWM WINGLE 7
HAVAL DARGO
HAVAL JOLION
HAVAL M6
HAVAL H6

HAVAL’ning 2024-yil avgust oyida amalga oshirgan savdosi iyul oyi ko‘rsatkichlariga nisbatan 2,5 barobardan ko‘proqni tashkil etdi

HAVAL (Great Wall Motor)ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2024-yil avgust oyida jami 369 dona M6, JOLION, H6 va DARGO avtomobillari sotilgan. Mazkur natija iyun oyi umumiy savdo ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,74 barobar, iyul oyiga nisbatan esa 2,5 barobardan oshganligini ko‘rsatdi.

2024-yilning barcha uch yoz oylarida O‘zbekistonda sotilgan HAVAL brendi modellari orasida M6 yetakchi bo‘lib qoldi. Avgust oyida sotilgan SUV soni 223 donani tashkil etdi, bu brendning sotilgan umumiy modellarining 60,4 foiziga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Xususan, “Premium AT” komplektatsiyasidagi sig‘imli, qulay va xavfsiz bo‘lgan HAVAL M6 78 foiz avtomobil egalari tomonidan tanlandi.

Sportcha qiyofadagi yangilangan JOLION (feysliftdan so‘ng) 92 dona natija bilan sotilgan HAVAL avtomobillari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi (25 foiz). E’tiborlisi shundaki, 60,9 foiz avtomobil egalari o‘z tanlovlarini “Premium” komplektatsiyasi foydasiga qildilar. Uning taqdimoti 2024-yil 10-avgust kuni bo‘lib o‘tdi va shu vaqtning o‘zida sotuvlar boshlanishi e’lon qilindi. Jihozlanish va dizayndagi barcha yaxshilanishlarga qaramay, barcha komplektatsiyalardagi narxlar o‘zgarmasdan qoldi, bu o‘z navbatida, ushbu avtomobilni xaridorlar uchun yanada jozibali tanlovga aylantirdi. E’tiborlisi, istak bildirilgan yangi avtomobilga oldindan buyurtmalar iyul oyidayoq kela boshladi, taqdimot davomida esa birinchi avtomobil egalariga yangilangan, jo‘shqinli va intellektual krossoverlar taqdim qilindi.

Sotuv natijalariga ko‘ra, M6 va JOLION dan keyin 33 dona H6 (8,9 foiz) va 21 dona DARGO (5,7 foiz) modellari joylashdi. Shuni ta’kidlash kerakki, bejirim va texnologik H6 krossoverining 45,5 foiz avtomobil egalari 2.0T dvigatelli “Prestige”, 30,3 foiz esa 1.5T dvigatelli “Premium” komplektatsiyasini tanladilar. O‘z navbatida, brutal va qulay bo‘lgan DARGO off-road krossoveri xaridorlarining 61,9 foiz “Premium” komplektatsiyasini tanladi.

Sotuvlarning 29,8 foizi Toshkent shahri, 24,4 foizi – Buxoro viloyati, 13,8 foizi – Surxondaryo viloyati, 13,6 foizi – Samarqand viloyati, 13 foizi – Andijon viloyati hamda 5,4 foizi – boshqa viloyatlarga to‘g‘ri keldi.

2024-yil avgust oyida jismoniy shaxslar orasida HAVAL avtomobillarini sotib oluvchilarning 77,1 foiz erkaklar, 22,9 foizini esa ayollar tashkil etardi. Bunda, 30 yoshdan oshgan jismoniy shaxslar ulushi 90,9 foizni, 30 yoshdan kichik bo‘lgan xaridorlar ulushi esa mos ravishda 9,1 foizni tashkil etdi.

Sotilayotgan HAVAL yo‘ltanlamaslari sonining o‘sishi iste’molchilar orasida talabning ortib borayotganidan dalolat beradi, bu esa avtomobil brendi uning universalligi, xavfsizlik tavsifi ko‘rsatkichlari yaxshilanganligi va qulaylik xususiyatlari, shuningdek, jozibali dizayni tufayli mashhurligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

HAVAL krossoverlarining tavsifi, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.