HAVAL dileriga aylaning
- Главная
- Great Wall Motor haqida
- HAVAL dileriga aylaning
Hamkor tanlash
Har bir hududdagi diler tanlovi konkurs asosida va biznesni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq amalga oshirilishiga e’tiboringizni qaratmoqdamiz. Har bir dilerlikka nomzod yanada samarali hamkorlikni amalga oshirish uchun to’ldirilgan anketani dilerlik tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha mutaxassisga taqdim etadi.
To’ldirilgan anketa elektron pochta orqali quyidagi manziliga yuborilishi lozim: development@roodell.uz
So'rovnomani yuklab olishTanlov mezonlari
- Avtomobil biznesidagi ish tajribasi (xorijiy brendning rasmiy dileri sifatidagisiga afzallik beriladi)
- Professional jamoa
- Samarali boshqaruv jamoasi
- Barqaror moliyaviy holat
- HAVAL korporativ standartlariga muvofiq dilerlik markazini qurish uchun investitsiya salohiyati. Mavjud binolarni rekonstruksiya qilish va ularni joriy standartlarga moslashtirish mumkin.
Qo'shimcha
Niyatlar Bayonnomasini amalga oshirilishining barcha bosqichlarida nomzod distribyutorga loyihaning amalga oshishi haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etadi. Distribyutor loyihaning amalga oshirilishini nazorat qilish huquqiga ega. "Niyatlar bayonnomasi" ning printsipial qoidalariga rioya qilmaslik, dastlabki loyihadan sezilarli og'ishlarning mavjudligi yoki taqvimiy jadvalning sezilarli darajada buzilishi Distribyutor uchun bir tomonlama erishilgan kelishuvlarni loyihaning istalgan bosqichida bekor qilish uchun yetarli asos bo'ladi.
Sizni hamkorlikka taklif qilamiz va savollaringizga albatta javob beramiz.
Muvaffaqiyatli hamkorlik tilab, Dilerlar tarmog'ini rivojlantirish bo'limi.
Anketani yuklab oling